Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Men sirtqi ta'limda o'qiyman davlat tashkilotida ishlayman menga har yilgi mehnat ta'tili berilmayapti mehnat ta'tilini o'qish davringda olasan deyishdi?


Men sirtqi ta'limda o'qiyman davlat tashkilotida ishlayman menga har yilgi mehnat ta'tili berilmayapti mehnat ta'tilini o'qish davringda olasan deyishdi?
Umuman olganda har bir ta'tildan ko'zlangan maqsad mavjud. Xususan, har yilgi mehnat ta’tili dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun berilsa (MK 216-modda), o‘quv ta’tillari esa oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun beriladi (MK 385-modda).
Mehnat kodeksining 229-moddasiga asosan, xodimlar har yilgi mehnat ta’tili o‘quv ta’tiliga to‘g‘ri kelib qolganda har yilgi mehnat ta’tilini uzaytirish yoki boshqa muddatga ko‘chirish huquqiga ega.
Shunday ekan ushbu vaziyatda ish beruvchining harakatlari noqonuniy, siz uning ustidan yuqori turuvchi tashkilot yoki davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qilishingiz mumkin.
Yuqori Chirchiq tumani YXKM
bosh yuriskonsulti Sh.Abdurahmonov