Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Tumanda joylashgan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘yicha metodisti mansabdor shaxs xisoblanadimi yoki xisoblanmaydimi?


Tumanda joylashgan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘yicha metodisti mansabdor shaxs xisoblanadimi yoki xisoblanmaydimi?
Amaldagi Mehnat kodeksida mansabdor shaxs tushunchasiga aniq ta'rif berib o'tilmagan. Biroq ushbu kodeksning 101, 106, 119, 128, 149, 164, 305 va boshqa moddalarida mansabdor shaxs tushunchalari ishlatilgan. Bizning fikrimizcha, mazkur moddalarda nazarda tutilgan mansabdor shaxs mazmunan metodist lavozimiga aloqador emas. Masalan, MKning 128-moddasiga asosan, ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan yoxud uning ruxsati bilan xodimni haqiqatda ishga qo‘yish, ishga qabul qilish lozim darajada rasmiylashtirilganligidan yoki rasmiylashtirilmaganligidan qat’i nazar, mehnat shartnomasini ish boshlangan kundan e’tiboran tuzish deb hisoblanadi.
Turdosh huquq sohasiga murojaat qilar ekanmiz, Jinoyat kodeksiga asosan, mansabdor shaxs - doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat organlarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida, mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs, xuddi shuningdek xalqaro tashkilotda yoxud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaxs.
Xulosa o'rnida aytish kerakki, yuqoridagi ta'rifdan kelib chiqib metodistning lavozim yo'riqnomasi va uning vakolatlari aks etgan hujjatlarni o'rganish orqali, uning mansabdor shaxs yoki mansabdor shaxs emasligiga baho beriladi.


Nurafshon shahar YXKM boshlig‘i F.Nazarov