Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Nogironligi bor xodimni ishdan bo`shatsa bo`ladimi?


Nogironligi bor xodimni ishdan bo`shatsa bo`ladimi?

 

Agar nogironligi bo‘lgan xodim uzrli sabablarsiz ishga chiqmayotgan bo’lsa, unga nisbatan intizomiy jazo qo’llang!

✅ Qonunchilikda nogironligi bo‘lgan shaxsga intizomiy jazo qo’llashda hech qanday cheklov yo’q. Nogironligi bo‘lgan shaxsga MK 312-moddasidagi istalgan turdagi intizomiy jazo chorasini qo’llash mumkin, shu jumladan ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish ham mumkin (MK 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlari).

Chunki MK 295-moddasiga ko’ra, mehnat intizomi barcha xodimlarning mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, jamoa kelishuvlariga, jamoa shartnomasiga, shuningdek ichki mehnat tartibi qoidalariga, boshqa ichki hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq belgilangan xulq-atvor qoidalariga majburiy bo‘ysunishidir.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 20.11.2023 yildagi 26-son “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 47-bandiga ko’ra, sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, xodim bajarishi lozim bo‘lgan ishni uddalashidan qat’iy nazar, agar tibbiy xulosaga ko‘ra xodim ushbu ishni bajarishi to‘g‘ri kelmasa yoki mehnat jamoasi a’zolari yoxud ular xizmat qiladigan fuqarolar uchun xavf tug‘dirsagina, mehnat shartnomasini sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bekor qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.

Agar xodim unga topshirilgan ishni uddalasa, tibbiy xulosaga ko‘ra sog‘lig‘ining yomonlashuvi, shuningdek xodimga nogironlik berilishi, mehnat shartnomasini MK 143-moddasining ikkinchi qismi bilan bekor qilish uchun yetarli sabab bo‘lib hisoblanmaydi.

Sudlar tibbiy xulosada xodimning mehnatga layoqatlilik darajasi qanday belgilanganligini alohida tekshirishlari zarur. Agar berilgan tibbiy xulosada xodim mehnat faoliyatiga to‘liq qobiliyatsiz deb e’tirof etilgan bo‘lsa, mehnat shartnomasi taraflarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra MK 168-moddasi birinchi qismining 5-bandiga asosan bekor qilinadi.

❗️Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, xodimga nogironlik berilishi mehnat shartnomasini bekor qilish uchun yetarli sabab bo‘lib hisoblanmaydi. Qachonki agar tibbiy xulosaga ko‘ra xodim ushbu ishni bajarishi to‘g‘ri kelmasa yoki mehnat jamoasi a’zolari yoxud ular xizmat qiladigan fuqarolar uchun xavf tug‘dirsagina, mehnat shartnomasini sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bekor qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.

 

 

Nurafshon shahar YXKM boshlig‘i                       F.Nazarov