Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

6 oylik masofaviy o'qish davrida xodimga qo’shimcha ta’til beriladimi?


6 oylik masofaviy o'qish davrida xodimga qo’shimcha ta’til beriladimi?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-iyundagi 453-son qaroriga 3-ilova “Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risida” Nizomning 44-bandiga ko’ra, asosiy ish joyidan ajralmagan holda masofaviy tarzda ta’lim olayotgan tinglovchilarga bevosita Markazga kelishi talab etiladigan nazorat imtihonlarini topshirish vaqtida, tasdiqlangan nazorat imtihoni jadvaliga asosan, mos ravishda, o‘rtacha oylik maoshi saqlangan qo‘shimcha ta’til beriladi https://lex.uz/docs/-3784435#-3793983
MK 219-moddasiga ko’ra, qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham har yilgi qo‘shimcha ta’tillar berilishi nazarda tutilgan.
MK 214-moddasiga ko’ra, ish beruvchi xodimlarga qonunchilikda kafolatlangan ta’tillarni berishi shart.
???? Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, ish beruvchi Sizga nazorat imtihonlarini topshirish vaqtida, tasdiqlangan nazorat imtihoni jadvaliga asosan, mos ravishda, o‘rtacha oylik maoshingiz saqlangan qo‘shimcha ta’til berishi shart. Ya’ni tasdiqlangan nazorat imtihoni jadvaliga asosan nazorat imtixonlari 5 kun davom etsa 5kun, agar 10 kun davom etsa 10 kunga qo‘shimcha ta’til berishga majbur!

Nurafshon shahar YXKM boshlig‘i                       F.Nazarov