Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Men maktabda 0.5shtat psixologman, qisqarish haqida ogohlantirish xati oldim. Boshqa maktabdan ish ham topdim. Endi 2 oylik kompensatsiyani olib ishdan keta olamanmi? Yoki imtiyozlarsiz boshqa ishga oʻtib ketamanmi?

Mehnat kodeksining 165-moddasiga asosan, ish beruvchi o‘zining texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishiga, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishiga bog‘liq bo‘lgan tashkilot xodimlarining soni yoki shtati o‘zgarganligi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish niyati haqida xodimni ikki oy oldin yozma shaklda (imzo qo‘ydirib) ogohlantirishi shart.
Ish beruvchi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xodimni ogohlantirish muddatlarini ogohlantirish muddatining davomiyligiga muvofiq keladigan pulli kompensatsiya bilan almashtirishga haqlidir.
Bundan kelib chiqib xulosa qilish kerakki, agar ish beruvchi xohlasa sizning ogohlantirish muddatingiz pulli kompensatsiya bilan almashtirishi mumkin.

Nurafshon shahar YXKM boshlig‘i F.Nazarov