Янгиликлар
30
Savolim shundan iboratki, boshqa joyda 1.25 shtat birligida o'qituvchi lavozimida ishlaydi bizlarga 0.5 shtatga kelmoqchi o'rindosh sifatida iloji bormi?
Savolim shundan iboratki, boshqa joyda 1.25 shtat birligida o'qituvchi lavozimida ishlaydi bizlarga 0.5 shtatga kelmoqchi o'rindosh sifatida iloji bormi?
Assalomu alaykum, Mehnat kodeksining 437-moddasiga asosan, o‘rindoshlik asosida ishlash chog‘ida o‘rindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning mazkur toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo‘lishi mumkin emas (bundan sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlarining shifokor xodimlari mustasno). Ya'ni xodim o'rindoshlik asosida ishlash uchun borayotgan ishining yarim stavkasigacha ishlashi mumkin. Sizni holatingizda o'qituvchi o'zini maktabida 0,25 asosda o'rindoshlik ishida ishlash orqali yarim stavkalik limitni teng yarmidan foydalanib bo'lyapti. Endi boshqa maktabga borayotgan paytda qolgan 0,25 stavkasidangina foydalanishi mumkin. Ya'ni 1,25 stavka asosda ishlayotgan xodimni 0,5 stavkaga ishga olalolmaysiz.
Ayni shu qoida "O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida"gi nizom (https://lex.uz/docs/-2070161)ni 7-bandida ham belgilangan. Xodim asosiy ish joyidagi mehnat majburiyatlarini bajarishdan bo‘shagan kunlarda o‘rindoshlik asosida to‘liq ish kunida ishlashi mumkin. Bunga misol agar xodimni asosiy ish joyidan shanba kuni dam olish bo'lsa, o'rindoshlik asosida ishlaydigan joyida shanba ish kuni bo'lsa ayni ana shu kuni o'rindoshlik joyida to'liq ishlashi mumkin. Qolgan kunlari bunday qilaolmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.02.2022 yildagi PQ-112-son qaroriga asosan, musiqa san’ati bo‘yicha professional ta’lim hamda oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatga ega bo‘lgan, kamida 3 ta milliy musiqa cholg‘ularida mahorat bilan kuy ijro eta oladigan mutaxassislarni asosiy ish joyidan bo‘sh vaqtida u erdagi mehnatga haq to‘lash shartlarini saqlab qolgan holda o‘rindoshlik asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari musiqa fani o‘qituvchisi va musiqa yo‘nalishidagi to‘garak rahbari lavozimiga to‘liq stavkada ishga qabul qilishga ruxsat beriladi. Qolgan toifadagi o'qituvchilarga bunday imtiyoz berilmagan.
Nurafshon shahar YXKM boshlig‘i F.Nazarov