Янгиликлар
30
Boysundagi M-25 konidagi avariya oqibatida halok boʼlgan fuqarolarning oilalari qanday to’lovlar to’lab berilishi kerak?
Boysundagi M-25 konidagi avariya oqibatida halok boʼlgan fuqarolarning oilalari qanday to’lovlar to’lab berilishi kerak?
Amaldagi Mehnat kodeksining 329-moddasiga asosan, boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning o‘rnini ish beruvchi tomonidan qoplash – quyidagilarni to‘lashni o‘z ichiga oladi:
1. Bir yo‘la beriladigan nafaqa
Mehnat kodeksining 330-moddasiga asosan, bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori marhumning o‘rtacha yillik ish haqining olti baravaridan kam bo‘lmasligi kerak.
Misol uchun, agar konda vafot etgan xodim tirik bo’lgan paytida bir oyda taxminan o’rtacha 7 million so’m ish haqi olgan bo’lsa, uning bir yillik ish haqi 84 million so’mni tashkil etadi. Mazkur summaning olti baravari esa 504 million so’m bo’ladi. Demak vafot etgan xodimning oilasi ish beruvchidan bir yo’la 504 million so’m pul undirib oladi.
Formula: (7 million x 12 x 6 = 504 million so’m)
2. Boquvchining yo‘qotilgan ish haqi o‘rnini qoplash uchun amalga oshiriladigan har oylik to‘lovlar
Mehnat kodeksining 331-moddasiga binoan, vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan yetkazilgan ziyonning o‘rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga nisbatan ziyonning miqdori marhumning o‘rtacha oylik ish haqi miqdorida, uning o‘ziga tegishli bo‘lgan ulushni va uning qaramog‘ida bo‘lgan, ammo ziyonning o‘rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo‘lmagan mehnatga qobiliyatli shaxslarning ulushi chegirib tashlangan holda belgilanadi. Ziyonning o‘rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo‘lgan shaxslarning har biriga nisbatan ziyonning o‘rnini qoplash miqdorini aniqlash uchun boquvchi ish haqining ushbu shaxslarning barchasiga to‘g‘ri keladigan qismi ularning soniga bo‘linadi.
Misol uchun, agar konda vafot etgan xodimning ikki nafar farzandi, nogironligi bo‘lgan xotini bo’lsa, xodim tirikligida o’rtacha 7 million so’m ish haqi olgan bo’lsa, ana shu summa oila a’zolari soni ya’ni 4 ga bo’linadi. Natija 1 million 750 ming so’mni vafot etgan xodimning ulushini chegirgan holda uning oila a’zolari soni 3 ga ko’paytiriladi. Shunda oila a’zolarga 5 million 250 ming so’m to’lanadi.
Formula: (7 million / 4 x 3 = 5 million 250 ming so’m)
3. Qo‘shimcha xarajatlarni kompensatsiyasi.
Mehnat kodeksining 332-moddasiga ko'ra, xodim mehnatda mayib bo‘lganligi munosabati bilan vafot etgan taqdirda ish beruvchi dafn etish uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni qilgan shaxsga ushbu xarajatlarning o‘rnini qo‘shimcha ravishda qoplashi shart.
Misol uchun, vafot etgan xodimning jasadini tashish, ish beruvchining boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash rad etilganligi to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat qilish yoki nizo mazkur xarajatlarni qilgan shaxs foydasiga hal bo‘lgan taqdirda to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlarning miqdori xususida nizolashish bilan bog‘liq xarajatlarni (mutaxassislarning maslahatlari, ko‘rsatilgan yuridik xizmat uchun advokatga haq to‘lash xarajatlari va boshqalar).
Nurafshon shahar YXKM boshlig‘i F.Nazarov