Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Mehnat kodeksi 314-moddasidagi 1 oylik va 6 oylikni muddatni misollar bilan tushuntirib bersangiz.


Mehnat kodeksi 314-moddasidagi 1 oylik va 6 oylikni muddatni misollar bilan tushuntirib bersangiz.
MK 314-moddasiga ko’ra, intizomiy jazo intizomiy qilmish aniqlanganidan keyin darhol, biroq aniqlangan kundan e’tiboran 1 oydan kechiktirmay qo‘llaniladi, bunda xodim vaqtincha ishga layoqatsiz bo‘lgan yoki ta’tilda bo‘lgan davr hisobga olinmaydi. Xizmat tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma komissiya tomonidan imzolangan kun xizmat tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan intizomiy qilmish aniqlangan kun deb hisoblanadi.
Intizomiy jazo intizomiy qilmish sodir etilgan kundan e’tiboran 6 oydan kechiktirmay, taftish yoki moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yoxud auditorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra esa, u sodir etilgan kundan e’tiboran ikki yildan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin. Ushbu muddatlarga jinoyat ishini yuritish vaqti kiritilmaydi.
Diqqat! 1 oylik va 6 oylik muddatlarni chalg’itmaslik lozim!
1️⃣-holat.  Xodim  2-oktyabr kuni ishga mast holatda keldi. Shu kuni intizomiy qilmish aniqlandi, xodimdan tushuntirish xati olindi. Bu holatda intizomiy jazoni darhol, biroq bir oydan kechiktirmay ya’ni 2-noyabrga qadar qo’llash lozim. Agar bu xodimga 3-noyabrda jazo qo’llanilsa g’ayriqonuniy bo’ladi, chunki 1 oylik muddat o’tib ketdi (bunda xodim vaqtincha ishga layoqatsiz bo‘lgan yoki ta’tilda bo‘lgan davr hisobga olinmaydi).
2️⃣-holat.  Xodim 2-oktyabr kuni smena vaqtida uxlab qolgan, lekin buni hech kim bilmagan. Lekin intizomiy qilmish oradan 6 oy o’tib, masalan, 3-aprel kuni aniqlangan, bu holatda xodimga intizomiy jazo qo’llab bo’lmaydi, chunki 6 oylik muddat o’tib ketgan. Bu holatda xodim vaqtincha ishga layoqatsiz bo‘lgan yoki ta’tilda bo‘lgan davrning ahamiyati yo’q, chunki bu davrlar 1 oylik muddatda ahamiyatga ega.
3️⃣-holat.  Xodim intizomiy qilmish sodir etdi, lekin buni hech kim bilmadi hamda bu qilmish oradan 5.5 oy o’tib aniqlandi. Bu holatda ish beruvchi intizomiy jazoni 1 oy ichida emas, balki yarim oy ichida qo’llash kerak. Sababi agar 1 oy ichida jazo qo’llaniladigan bo’lsa, 6 oylik muddat o’tib ketadi.
???? Diqqat! Muddatlarni hisoblashda MK 9-moddasidagi qoidalar ham esdan chiqmasin! Masalan, agar oylar bilan hisoblanadigan muddatning oxiri muddatning o‘tishi boshlangan oyga nisbatan kunlari ko‘proq yoki kamroq bo‘lgan oyga to‘g‘ri kelsa, muddat tugaydigan oyning oxirgi kuni muddat tugaydigan kun deb hisoblanadi.
Agar muddatning so‘nggi kuni ishlanmaydigan kunga to‘g‘ri kelsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddat tugaydigan kun deb hisoblanadi.


Nurafshon shahar YXKM boshlig‘i                       F.Nazarov