Янгиликлар
30
Ish haqini hisoblash formulasini misol bilan tushuntira olasizmi? Razryad 9 bo'lsa qancha oylik maoshi chiqadi?
Ish haqini hisoblash formulasini misol bilan tushuntira olasizmi? Razryad 9 bo'lsa qancha oylik maoshi chiqadi?
Mehnat kodeksining 245-moddasiga asosan, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan takliflar hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida bir vaqtning o‘zida belgilanadi hamda tashkiliy-huquqiy shakllaridan, mulkchilik shakllaridan va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiydir.
Ish haqini hisoblash masalasiga to'xtalar ekanmiz, ish haqini hisoblash lavozim, kasblar bo’yicha farqlanishi mumkin. Tarif stavkasi miqdorini (lavozim maoshini) belgilash uchun tarif koeffitsiyenti mehnatga haq to‘lashning qonunchilikda belgilangan eng kam miqdoriga ko‘paytiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-sentabrdagi 775-son qarori (https://lex.uz/docs/-4514781) 1-ilovasida mehnatga haq to‘lashning 9-razryadi tarif koeffitsiyent 1,755 ga teng. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (https://president.uz/oz/lists/view/7463) bilan 2024-yil 1-oktabrdan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so‘m etib belgilandi. Hozirgi kunda 1 050 000 so‘m.
Shundan kelib chiqib, quyidagi formulani ko‘rsatamiz:
1,755 x 1 155 000 = 2 027 025.
Demak 9-razryadli xodim 1-oktabrdan boshlab 2 027 025 so‘m pul oladi.
Ayni hozirgi kunda 9-razryadli xodimning ish haiq 1 863 750 so‘mdir.
Nurafshon shahar YXKM boshlig‘i F.Nazarov