Янгиликлар
30
Ustama olgan pedagoglarga, 823-son qarordagi 525 ming mukofot berilmaydimi❓
Ustama olgan pedagoglarga, 823-son qarordagi 525 ming mukofot berilmaydimi❓
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga 1-ilova “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 29-bandiga ko’ra, umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin https://lex.uz/docs/-4532496
Hozirgi kunda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 million 50 ming.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.08.2024 yildagi PF-108-son Farmoniga ko’ra, 2024-yil 1-oktabrdan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 million 155 ming so‘m etib belgilandi https://lex.uz/uz/docs/-7059431
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qaroriga1-ilova “Xalq ta’limi vazirining jamg‘armasi to‘g‘risida”gi nizomning 15-bandiga ko’ra, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan har oylik ustama olayotgan malakali pedagog kadrlarga bir martalik pul mukofotlarini belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi https://lex.uz/docs/-6143326
Ko’pchilik 15-bandagi mana shu qoidaga chalg’imoqda. 4️⃣2️⃣5️⃣-son qaror bilan tasdiqlangan nizom, Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarni rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
8️⃣2️⃣3️⃣-son qaror bilan tasdiqlangan nizom esa, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ya’ni 425 va 823 son qarorlar boshqa-boshqa munosabatlarni tartibga soladi. Ya’ni ustama olayotgan xodimlar ham O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan direktor jamg‘armasining mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin.
Nurafshon shahar YXKM boshlig‘i F.Nazarov