Янгиликлар
30
Qisqarishga tushgan xodimlarga ham premiya beriladimi?
Qisqarishga tushgan xodimlarga ham premiya beriladimi?
✅ Ha, albatta beriladi. Qonunchilikda qisqarishga tushgan xodimga premiya berilmaydi degan taqiq yo’q.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga 1-ilova “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 29-bandiga ko’ra, umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin https://lex.uz/docs/-4532496
Diqqat! MK 299-moddasi 5-qismiga ko'ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi.
Nurafshon shahar YXKM boshlig‘i F.Nazarov