Янгиликлар
30
Jamoasi shartnomasi va jamoa kelishuvlarining farqi nimada?
Jamoasi shartnomasi va jamoa kelishuvlarining farqi nimada?
MK 65-moddasiga ko’ra, jamoa shartnomasi tashkilotda yoki yakka tartibdagi tadbirkorda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi hamda xodimlar tomonidan o‘z vakillari orqali va ish beruvchi tomonidan tuziladigan mehnat to‘g‘risidagi huquqiy hujjatdir..
MK 80-moddasiga ko’ra esa, jamoa kelishuvi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, xodimlar uchun hududiy, tarmoq va respublika darajalarida taraflarning mehnat sharoitlarini, bandlikni hamda ijtimoiy kafolatlarni belgilashga doir majburiyatlarini o‘z ichiga olgan, xodimlar va ish beruvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini kelishib olish maqsadida tuziladigan mehnat to‘g‘risidagi huquqiy hujjatdir.
Bu ikki tushunchaning quyidagi belgilariga ko’ra asosiy farqlarini tahlil qilamiz:
1. Subyektlariga ko’ra:
Jamoa shartnomasi, bir tarafdan, xodimlar tomonidan kasaba uyushmalari yoki o‘zlari vakolat bergan boshqa vakillik organlari orqali, ikkinchi tarafdan — bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar tomonidan tuziladi . Ya’ni faqat bipartizm shaklida ya’ni ikki taraflama tuziladi.
Jamoa kelishuvlari muzokaralarda ishtirok etayotgan taraflarning kelishuviga muvofiq ikki taraflama va uch taraflama bo‘lishi mumkin. Kelishuvni tuzish vaqtida uchinchi taraf sifatida ijro etuvchi hokimiyat organi ishtirok etishi mumkin. Ya’ni ikki taraflama yoki 3 taraflama (tripartizm) bo’lishi mumkin.
2. Amal qilish doirasiga ko’ra:
Jamoa shartnomasi ish beruvchiga va mazkur korxonaning barcha xodimlariga, shu jumladan jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga qabul qilingan shaxslarga ham tatbiq etiladi. Ya’ni jamoa shartnomasi faqatgina u qabul qilingan korxona hududidagina amal qiladi.
Tartibga solinadigan munosabatlar sohasi, hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarning xususiyatlariga qarab bosh, tarmoq va hududiy (mintaqaviy) jamoa kelishuvlari tuzilishi mumkin. Demak, jamoa kelishuvining amal qilish doirasi keng hisoblanadi. U turiga qarab butun Respublika hududi bo’yicha (Bosh kelishuv), muayyan taqmoq xodimlari uchun (Tarmoq kelishuvi) va ma’lum bir hudud (viloyat, tuman) bo’ylab (Hududiy (mintaqaviy) kelishuvlar) amal qiladi.
3. Mazmuniga ko’ra:
Bu ikki tushuncha mazmuniga ko’ra bir-biriga juda o’xshash bo’lsada, jamoa shartnomalari mazmuniga ko’ra jamoa kelishuvlaridan kengroq bo’lishi ham mumkin. Chunki korxona o'zining moliyaviy holatidan kelib chiqib, jamoa shartnomasida jamoa kelishuvida nazarda tutilgan kafolatlardanda ziyodroq kafolatlarni belgilashi mumkin (lekin kamaytirishi mumkin emas).
Nurafshon shahar YXKM boshlig‘i F.Nazarov