Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Xodim vafot etganligi sababli mexnat shartnomasi bekor kilindi. Mehnat daftarchasini va buyruq nusxasini pochta orqali yashash manziliga yuborsak bo`ladimi.


Xodim vafot etganligi sababli mexnat shartnomasi bekor kilindi. Mehnat daftarchasini va buyruq nusxasini pochta orqali yashash manziliga yuborsak bo`ladimi.
MK 171-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodim yo‘q bo‘lganligi yoki hujjatlarni olishni rad etganligi munosabati bilan unga mehnat daftarchasini yoxud elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani hamda mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqning ko‘chirma nusxasini berish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, ish beruvchi keyingi ish kunidan kechiktirmay xodimga mehnat daftarchasini olish uchun kelishi yoxud mehnat daftarchasi pochta orqali yuborilishiga rozilik berishi zarurligi haqida bildirishnoma yuborishi shart.
????Ya’ni har qanday holatda ham mehnat daftarchasini yoxud elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani xodim roziligisiz pochta orqali jo’natmang! Xodim vafot etgan bo’lsachi?

“Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 29-yanvarda 402-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan https://lex.uz/docs/-643007) 3.4-bandiga ko’ra, xodim vafot etgan bo‘lsa, mehnat daftarchasi uning yaqin qarindoshlariga tilxat yozdirib olish yo‘li bilan topshiriladi yoki ularning talablariga ko‘ra pochta orqali jo‘natiladi. Vafot etgan xodim mehnat daftarchasining “Ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limida yozuvning tartib soni va sanasi ko‘rsatilgandan so‘ng 3-ustunga “Mehnat munosabatlari bekor qilindi” deb yozilib, 4-ustunda esa buyruqning sanasi va tartib raqami ko‘rsatiladi.
Ushbu yozuv belgilangan tartibda tasdiqlanadi.



Nurafshon shahar YXKM boshlig‘i F.Nazarov