Янгиликлар
Farzandini xususiy bog‘cha va maktablarga beradigan ota-onalarga soliq imtiyozi belgilangan.
Farzandini xususiy bog‘cha va maktablarga beradigan ota-onalarga soliq imtiyozi belgilangan.
Prezident tomonidan imzolangan qonunga ko‘ra, soliq to‘lovchining farzandlariga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar ko‘rsatadigan ta’limga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun to‘lanadigan oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlariga yo‘naltiriladigan daromadlariga soliq solinmasligi belgilandi.
Yodingizda bo‘lsa, bu mavzu haqida bungacha ham bir necha bor ma’lumot bergandim. Avval aytganimdek, ushbu imtiyoz 2022 yil 1 apreldan kuchga kiradi. Garchi qonun endi imzolangan bo‘lsa ham.
Faqat buning uchun ota-onalar xususiy bog‘cha yoki maktabga qilgan to‘lovlari haqidagi kvitansiyalarini saqlab qo‘ygan bo‘lishlari kerak bo‘ladi. Yil oxirida ular daromadlar haqida deklaratsiya bilan birga barcha kvitansiyalarni soliq idorasiga taqdim etishadi va ortiqcha to‘langan daromad solig‘i qismini bitta qilib qaytarib olishadi.
ℹ️ Masalan, oyiga 3 mln so‘mdan xususiy maktabga to‘lov qilinayotgan bo‘lsa, yiliga jami 36 mln so‘m bo‘ladi. Yil tugagach, barcha 12 oylik to‘lovlarni tasdiqlovchi qog‘oz yoki elektron kvitansiyalar soliq organiga topshiriladi. Soliq organi esa ushbu summadan 12%lik daromad solig‘ini, ya’ni 4 mln 320 ming so‘mni sizga qaytarib beradi (adashmasam, plastikka tushirish orqali).
???? Agar farzandi uchun xususiy bog‘cha yoki maktabga ishxonasi orqali pul o‘tkazadigan ota-onalar bo‘lsa, unda korxona buxgalteriyasiga daromad solig‘ini ushlab qolish bo‘yicha ariza berishlari kerak bo‘ladi. Uyog‘iga nima qilish kerakligini buxgalteriyaning o‘zi biladi. Xuddi OTMlarga kontrakt to‘lovi uchun beriladigan imtiyoz kabi 12% daromad solig‘i qismini ushlab qolib, xodimning oyligiga qo‘shib berishadi.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i B.B.Mavlanov