Янгиликлар
Qisqarishga tushgan xodimlarga mehnat kafolatlari.
Qisqarishga tushgan xodimlarga mehnat kafolatlari.
Quyida qisqartirishga tushgan xodimlarning mehnat kafolatlariga doir eng muhim qoidalarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Qisqartirishga tushgan xodimlarning ikki oy davomida o‘rtacha oylik ish haqlari to‘liq saqlanadi. MKning 100-moddasiga asosan texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishi sababli tashkilot xodimlarining soni yoki shtati o‘zgarganligi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda 2 oy davomida, ish qidirish jarayonida, o‘rtacha oylik ish haqlarining saqlanishi belgilab qo‘yilgan.
Ikki oy oldin xodimni yozma tarzida ogohlantirishi shart. Mehnat kodeksining 165-moddasiga asosan Texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishiga, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishiga bog‘liq bo‘lgan tashkilot xodimlarining soni yoki shtati o‘zgarganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda xodim ikki oy oldin yozma ogohlantirilishi shart.
Kimni ishda qoldirish kerak degan tanlov paydo bo‘lganda malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq bo‘lgan xodimlar olib qolinishi kerak. Mehnat kodeksining 167-moddasiga asosan Texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishiga, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishiga bog‘liq holda tashkilot, yakka tartibdagi tadbirkor xodimlarining soni (shtati) o‘zgarganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishda qoldirishga doir imtiyozli huquq malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq bo‘lgan xodimlarga beriladi. (Bu qonuni talabi ish beruvchiga yoqqan odam emas malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq bo‘lgan xodim qolishi kerak)
Qisqarishga tushgan xodimlarga. MK 100-moddasining 4-qismiga ko‘ra Agar xodimlar mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin o‘ttiz kalendar kun ichida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxslar sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, ular mahalliy mehnat organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma bo‘yicha uchinchi oy uchun ham avvalgi ish joyidan o‘rtacha oylik ish haqini olish huquqiga ega bo‘ladi. . Ya’ni 3 oyga ham oylik olish huquqingiz bo‘ladi.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i B.B.Mavlanov