Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Shartnomaning muhim shartlari nimalardan iborat?


Shartnomaning muhim shartlari nimalardan iborat?

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda shartnomaning muhim shartlari shartnomada o‘z aksini topishi kerak. Yo‘qsa, shartnoma o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmasligi mumkin. Ertangi postlardan birida bu bo‘yicha ajoyib sud amaliyoti haqida yozamiz. Hozir esa shartnomaning muhim shartlariga to‘xtalamiz.

Fuqarolik kodeksining 364-moddasi ikkinchi qismiga asosan Shartnomaning narsasi to‘g‘risidagi shartlar, qonunchilikda bunday turdagi shartnomalar uchun muhim yoki zarur deb hisoblangan shartlar, shuningdek taraflardan birining arizasiga ko‘ra kelishib olinishi zarur bo‘lgan hamma shartlar muhim shartlar hisoblanadi.

"Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida"gi qonunning 10-moddasiga asosan Xo‘jalik shartnomasi shartnoma predmetini, yetkazib beriladigan tovarning (ishning, xizmatning) miqdori, sifati, assortimenti va bahosini, shartnomaning bajarilish muddatlarini, hisob-kitob qilish tartibini, taraflarning majburiyatlarini, shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda taraflarning javobgarligini, nizolarni hal etish tartibini hamda taraflarning rekvizitlarini, shartnoma tuzilgan sana va joyni, shuningdek bunday turdagi shartnomalar uchun qonunchilikda belgilangan yoki taraflardan birining arizasiga ko‘ra o‘zaro kelishuvga erishish lozim bo‘lgan boshqa muhim shartlarni nazarda tutishi kerak.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

YuXKM boshlig‘i                                                B.B.Mavlanov