Янгиликлар
QANDAY HOLLARDA BOLALAR NAFAQASI VA MODDIY YORDAM BERISH TO‘XTATILADI ?
QANDAY HOLLARDA BOLALAR NAFAQASI VA MODDIY YORDAM BERISH TO‘XTATILADI ?
Hukumatning 654-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan, quyidagi hollarda bolalar nafaqasi va moddiy yordam berilishi to‘xtatiladi:
1) tayinlangan muddat tugaganda:
2) bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam pulini olayotganlarning o‘zlari ushbu yordamni to‘xtatishlarini so‘rab murojaat qilganda;
3) oila doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ko‘chib ketganida;
4) ayrim texnik xatolar sababli ushbu yordam pullari noto‘g‘ri tayinlanganligi aniqlanganda;
5) oilaning iqtisodiy ahvoli qayta o‘rganilganida oila kam ta’minlangan oila deb e’tirof etilmasa;
6) ushbu yordam pullari tayinlanishi uchun topshirilgan xujjatlar noto‘g‘ri va ishonchsiz bo‘lsa yoki xujjatlar to‘liq taqdim etilmagan bo‘lsa;
7) oila tarkibida harbiylashgan tizimda ishlovchilari bo‘lgan oila tomonidan ariza topshirilsa;
8) Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan pensiyalar bilan ta’minlangan oila a’zolari mavjudligi aniqlanganda;
9) ortiqcha to‘lovlar aniqlanganda.
Oqqo’rg’on tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N.P.Nazarimbetov