Янгиликлар
MUDDATI O’TGAN PASPORTNI 1 OY ICHIDA ALMASHTIRMAGANLAR JARIMA TO’LAYDI.
MUDDATI O’TGAN PASPORTNI 1 OY ICHIDA ALMASHTIRMAGANLAR JARIMA TO’LAYDI.
PF-4262-son Prezident Farmoniga ilova qilib keltirilgan "O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti to‘g‘risida"gi nizomning 11-bandiga ko‘ra,
- fuqaro pasportining amal qilish muddati tugagandan so‘ng yoki familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va millati o‘zgarganda pasportini 1 oy muddatda ID-kartaga almashtirishi lozim.
- fuqaro amal qilish muddati o‘tgan biometrik pasportini o‘z vaqtida ID-kartaga almashtirmasligi — ya’ni, haqiqiy bo‘lmagan pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta bilan yashashi MJtKning 223-moddasiga binoan ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Bunday huquqbuzarlik BHMning 3 baravari, ya’ni 1 020 000 so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Oqqo’rg’on tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N.P.Nazarimbetov