Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

FHDYO DAN NIKOHNI BEKOR QILISH RO‘YXATDAN O‘TKAZILMASA, NIKOH BEKOR QILINMAGAN HISOBLANADI.


FHDYO DAN NIKOHNI BEKOR QILISH RO‘YXATDAN O‘TKAZILMASA, NIKOH BEKOR QILINMAGAN HISOBLANADI.

 

Oila kodeksining 47-moddasida Nikohdan ajratilganda nikohning tugatilish vaqti qoidasi berilgan bo‘lib, unga ko‘ra, Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida nikohdan ajratilganlik ro‘yxatga olingan kundan boshlab tugatilishi belgilangan.

Ya’ni bundan kelib chiqadiki, sud ajrim to‘g‘risida qaror qabul qilib, u kuchga kirgani bilan, FHDYO da ro‘yxatdan o‘tmaguncha nikoh tugatimaydi.

Shuningdek, FHDYO yo‘rinomasida ham FHDY organi sud qarori asosida er-xotinlardan birining arizasiga binoan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va nikohdan ajratish to‘g‘risidagi guvohnomani berishi ta’kidlangan.

 

Oqqo’rg’on tumani Adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                N.P.Nazarimbetov