Янгиликлар
Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi
Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015 yil 20 martdagi 25-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning 29-bandiga ko‘ra, bola ikki va uch yoshga to‘lgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan ta’til yoki ish haqi saqlanmagan holda qo‘shimcha ta’tilda bo‘lgan ayollarning takroriy homiladorligi uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi umumiy asosda beriladi.
Ikkinchidan, Mehnat kodeksining 408-moddasiga ko‘ra, homilador ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 409-moddasiga ko‘ra, 3 yoshgacha bolasi bor ayol yoxud 3 yoshgacha bo‘lgan bolani yolg‘iz tarbiyalayotgan ota (vasiy) bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga faqat ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 1, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi.
Yuqoridagi asolarga ko‘ra, bunday toifadagi ayollarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i B.B.Mavlanov