Янгиликлар
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan bolani farzandlikka olishi mumkin(mi)?
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan bolani farzandlikka olishi mumkin(mi)?
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov ushbu savol yuzasidan batafsil javob berdi:
✅Farzandlikka olish instituti ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy, huquqiy himoya qilishning asosiy kafolati sifatida belgilangan. Farzandlikka olishni hal qilish vakolati sudlarga berilishi esa ayni munosabatlarda qonuniylikni ta’minlaydi.
✅Zarur hollarda, sud farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasini, uning qarindoshlari va boshqa manfaatdor shaxslarni, shuningdek o‘n yoshga to‘lgan bolaning o‘zini ishda ishtirok etishga jalb qilishi mumkin.
✅Farzandlikka olishning sir saqlanishini ta’minlash maqsadida mazkur toifadagi ishlar, shu jumladan, farzandlikka olishni bekor qilish va haqiqiy emas deb topish haqidagi ishlar ham yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Quyidagi shaxslar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi mumkin emas:
???? ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;
???? qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;
???? asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida ro‘yxatda turuvchilar;
???? farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq o‘n besh yoshdan kam bo‘lsa (o‘gay ota va o‘gay ona tomonidan farzandlikka olish hollari bundan mustasno).
⚠️ Shuningdek, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan bolani farzandlikka olish haqida ariza berilishi mumkin. Bunday ishni ko‘rib chiqishda sud nafaqat arizachi fuqarosi hisoblangan davlatning qonunchiligi, balki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi talablaridan ham kelib chiqadi.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i B.B.Mavlanov