Янгиликлар
Auksion orqali tadbirkorlik uchun olingan yer uchastkalariga soliq solinish tartibi qanday?
Auksion orqali tadbirkorlik uchun olingan yer uchastkalariga soliq solinish tartibi qanday?
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 433 modda birinchi qismiga muvofiq, mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.
Mazkur Kodeksning 440-moddasi birinchi xatboshiga ko‘ra, yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi ajratilgan oydan keyingi oydan e’tiboran jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadi. Shuningdek, Soliq kodeksining 436 moddasida jismoniy shaxslarga yer solig‘i bo‘yicha beriladigan soliq imtiyozlari ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, mazkur ro‘yxatda aukpionda sotib olingan yerlarga soliq (imtiyozlari nazarda tutilmagan.
Agar soliq to‘lovchida soliq imtiyoziga asos bo‘ladigan normativ-huquqiy hujjat mavjud bo‘lsa, mazkur
xuquqni tasdiqlovchi hujjatlarni yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organiga mustaqil ravishda taqdim etishi lozim bo‘ladi. 1) Soliq kodeksining 437-moddasi beshinchi qismiga asosan jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan, uzun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk ob’ektlari egallagan yer
uchastkalari uchun soliq jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash uchun belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha undiriladi.
Xulosa shuki, auksion orqali sotib olingan yer uchastkalari uchun alohida soliq imtiyozlari mavjud emas.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i B.B.Mavlanov