Янгиликлар
Masjid uchun yer olish tartibi belgilandi. Yerni qanday olish mumkin?
Masjid uchun yer olish tartibi belgilandi. Yerni qanday olish mumkin?
Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.10.2024 yildagi 641-sonli qaroriga asosan Diniy tashkilot uchun bino qurish maqsadida yer uchastkasiga ehtiyoj mavjud bo‘lgan taqdirda diniy tashkilotning tashabbuskorlari (ta’sischilari) bu haqda tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga murojaat qiladi.
Diniy tashkilotlar uchun bino qurish maqsadida yer uchastkasi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida vakolatli organ bilan kelishuvga muvofiq mazkur Reglamentda belgilangan tartib asosida ajratiladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ajratilgan yer uchastkasini diniy tashkilotga bepul asosda ijaraga beradi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish fuquqi asosida yer uchastkasini ajratish bilan bog‘liq barcha xarajatlar diniy tashkilotning tashabbuskorlari (ta’sischilari) tomonidan qoplanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.10.2024 yildagi 641-son
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i B.B.Mavlanov