Янгиликлар
Fermerlarning ijara huquqni boshqa shaxsga o‘tkazish huquqi "Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonun bilan mutahkamlandi.
Fermerlarning ijara huquqni boshqa shaxsga o‘tkazish huquqi "Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonun bilan mutahkamlandi.
2024 yil 10 oktyabr kungi qonun bilan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunning 16-moddasi yangi tahrirdagi 20-xatboshi bilan to‘ldirildi.
Unga ko‘ra, fermer xo‘jaligi ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga nisbatan huquqlari va majburiyatlarini yer uchastkasining asosiy mo‘ljallangan maqsadini saqlab qolgan holda ijara shartnomasi amal qiladigan muddatga boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) huquqiga ega bo‘ldi.
Shu kabi to‘ldirish “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunning 22-moddasi 1-qismiga ham kiritildi (7-xatboshi).
Endi fermer va dehqon xo‘jaliklari o‘zlariga ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga doir huquqni notarial tartibda tasdiqlangan shartnomalar asosida oldi-sotdi va hadya qilishlari, ayirboshlashlari, renta haqi to‘lanishi sharti bilan berishlari hamda notarial tasdiqlangan guvohnoma asosida meros qilib olishlari, bundan tashqari yuridik shaxslarning ustav fondiga ulush sifatida kiritishlari mumkin bo‘ladi.
Bunda esa Yer kodeksida, xususan kodeksning yangi 24-5(prim5)-moddasida belgilangan talab va qoidalarga rioya qilinishi lozim.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i B.B.Mavlanov