Янгиликлар
Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini muddatli mehnat shartnomasiga o‘tkazishning o‘z tartib qoidasi bor.
Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini muddatli mehnat shartnomasiga o‘tkazishning o‘z tartib qoidasi bor.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 112-113-moddalarida xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi tuziladigan hollar va tuzilishi mumkin bo‘lgan holatlar keltirilgan. Ya’ni faqat Mehnat kodeksining 112-113-moddalaridagi holatlar bo‘lgan taqdirdagina muddatli mehnat shartnomasi tuzish mumkin, boshqa holatda muddatli mehnat shartnomasi tuzib bo‘lmaydi. Mehnat kodeksining 111-moddasi 1-qismiga ko‘ra, agar muddatli mehnat shartnomasi ushbu Kodeksning 112 yoki 113-moddasi qoidalarini hisobga olgan holda tuzilgan bo‘lsa, xodim bilan ushbu shartnomani tuzish asoslidir.
Mehnat kodeksining 135-moddasiga asosan mehnat shartlarini o‘zgartirish, ular qaysi tartibda belgilangan bo‘lsa, xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi. Ya’ni tomonlarning o‘zaro roziligi bilan. Yanada aniqroq huquqiy asosga to‘xtalsam, Mehnat kodeksining 111-moddasi 6-qismiga ko‘ra nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning roziligisiz belgilangan muddatga qayta tuzilishi mumkin emas.
Yangi raxbar keldi degani istagancha xodimlarning mehnat shartnomasi bilan o‘yin qilishi mumkin emas. Mehnat kodeksida mehnat shartnomasini o‘zgartirish tartibi bor, qonun hammaga barobar.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i B.B.Mavlanov