Янгиликлар
Ish beruvchi zimmasiga mehnat shartnomasini tuzish majburiyatini yuklatish majburiyatini so‘rab sudga da’vo arizasi kritish mumkin?
Ish beruvchi zimmasiga mehnat shartnomasini tuzish majburiyatini yuklatish majburiyatini so‘rab sudga da’vo arizasi kritish mumkin?
Mehnat kodeksining 119-moddasi 2-qismiga asosan Quyidagilar ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etish sifatida belgilangan:
???? mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash to‘g‘risidagi talablarni buzish;
???? ish beruvchi tomonidan ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul qilmaslik;
???? ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasini tuzishi shart bo‘lgan shaxslarni (ish o‘rinlarining belgilangan eng kam soni hisobiga ishga yuborilgan shaxslarni, ish beruvchi alohida asoslar bo‘yicha mehnat shartnomasini bekor qilgan shaxslarni, ular qayta ishga qabul qilingan taqdirda va boshqalarni) ishga qabul qilmaslik;
???? homiladorlik yoki farzandlar borligi bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra ishga qabul qilmaslik;
???? sudlanganligi, shu jumladan tugallangan va olib tashlangan sudlanganligi sababli shaxslarni ishga qabul qilmaslik, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno, yoxud shaxslarni ularning qarindoshlari sudlanganligi, shu jumladan tugallangan sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslik;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ya’ni xodim mehnat kodeksining 119-moddasida ko‘rsatilgan asoslar mavjud yuo‘lgan holatda ishga qabul qilishni rad etsa, xodim ish beruvchi zimmasiga mehnat shartnomasini tuzish majburiyatini yuklatish yuzasidan sudga da’vo arizasi bilan chiqishi lozim.
Mehnat kodeksining 32-moddasidasiga asosan ish beruvchi tomonidan ishga qabul qilish qonunga xilof ravishda rad etilgan shaxslar bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar ish beruvchining zimmasiga mehnat shartnomasini tuzish majburiyatini yuklatish to‘g‘risidagi sud qarori qabul qilinishi natijasida tuzilgan mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladi.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i B.B.Mavlanov