Янгиликлар
“E-Huquqshunos” yelektron tizimini takomillashtirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 18.03.2022 yildagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 173-son qarori
“E-Huquqshunos” yelektron tizimini takomillashtirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 18.03.2022 yildagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 173-son qarori qabul qilingan.
Mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida Adliya vazirligi tizimida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatmoqda. Bu borada, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat idoralarining markazlarga yuboriladigan hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va qabul qilish jarayonlarini elektron shaklga o‘tkazuvchi «E-huquqshunos» elektron tizimi yaratildi, ish yurituvi to‘liq raqamlashtirilib, qog‘ozbozlikka barham beriliyapti.
2022 yil 1 avgustdan boshlab bosqichma-bosqich yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta'minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining quyidagi tuman (shahar) bo‘linmalariga yuridik xizmat ko‘rsatiladi: Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi; Qishloq xo‘jaligi bo‘limi; Turizm va madaniy meros bo‘limi; Sportni rivojlantirish bo‘limi; Oila va xotin-qizlar bo‘limi; Davlat soliq inspeksiyasi; Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi; Umumiy o‘rta ta'lim maktablari; Maktabgacha ta'lim tashkilotlari; Ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar.
Shuningdek: Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta'minlanmagan davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) bo‘linmalari qamrab olindi;
— Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining qamrovini oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" tasdiqlangan.
Shu bilan birga axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga Adliya vazirligi bilan birgalikda:
— 2022 yil 1 mayga qadar “E-huquqshunos” elektron tizimini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va maslahatlar berib borish maqsadida Sall-markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yildi;
— 2022 yil 1 avgustga qadar davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) bo‘linmalarini “E-huquqshunos” elektron tizimiga shartnoma asosida ulandi;
— Bosqichma-bosqich davlat umumiy o‘rta ta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarni ushbu tizimga bepul asosda ulandi.
Markazlar va ular yuridik xizmat ko‘rsatadigan davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) bo‘linmalari faoliyatiga joriy qilishda
«E-huquqshunos» elektron tizimidagi ma'lumotlarni saqlash va ulardan xavfsiz foydalanish hamda tizimning yuqori tezlikda ishlashini ta'minlash maqsadida «UNICON-SOFT» MChJni tegishli server va boshqa zarur qurilmalar bilan ta'minlab borishi vazifasi yuklatilib amalga oshirilib borilmoqda.
Quyi Chirchiq tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
Boshlig‘i 2-darajali adliya maslahatchisi Sh.I.Suleymanov