Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

"Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi Prezident tomonidan 03.10.2024 yilda "Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida"gi O‘RQ-970-sonli Qonun imzolandi.


 

"Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi

 

Prezident tomonidan 03.10.2024 yilda "Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida"gi O‘RQ-970-sonli Qonun imzolandi.

 

Ushbu Qonunning maqsadi kreativ iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish va ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Hujjat kreativ iqtisodiyot sohasidagi asosiy tushunchalarni va kreativ industriya sub'ektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarini mustahkamlaydi.

 

Kreativ industriya – ijodiyot, intellektual qobiliyat, shuningdek intellektual mulk ustuvorligiga asoslangan va iqtisodiy qimmatga ega bo‘lgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yaratish, ishlab chiqarish, saqlash, tarqatish va ilgari surish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyat turlarining majmui.

 

Kreativ industriya sohasi quyidagi faoliyat yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi:

—adabiy ijod;

—amaliy san'at va hunarmandchilik;

—arxitektura, loyihalash va urbanistika;

—audiovizual va ijrochilik san'ati;

—konsert-tomosha faoliyatini va madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish;

—moda va dizayn san'ati;

—muzeylar, badiiy galereyalar (ko‘rgazmalar) va kutubxonalar faoliyati;

—nashriyot va matbaa sohasidagi ijodiy faoliyat;

—ommaviy axborot vositalari sohasidagi va internet orqali amalga oshiriladigan ijodiy faoliyat;

—raqamli texnologiyalar va reklama sohasidagi ijodiy faoliyat va boshqalar.

 

Kreativ iqtisodiyot sohasidagi davlat siyosati fuqarolarning kreativ industriya sohasida o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etishi uchun zarur sharoitlar yaratish vazifasini qo‘yadi.

 

Bunda qonunda nazarda tutilgan qo‘llab-quvvatlash choralari orasida moliyaviy, mulkiy, ta'lim va axborot choralari ajratib ko‘rsatiladi. Vazirlar Mahkamasi kreativ iqtisodiyot sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlaydi.

 

Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi kreativ industriya sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan maslahat organi hisoblanadi. Kengashning ishchi organi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi hisoblanadi.

 

Qonunda O‘zbekiston hududi doirasida eksterritoriallik tamoyillari asosida faoliyat yuritadigan Kreativ industriya parkiga alohida e'tibor qaratilgan. Park rezidentlari bo‘lib, ushbu sohadagi faoliyatidan olingan daromadi umumiy olingan yillik daromadning kamida 80 foizini tashkil etadigan kreativ industriyalar sub'ektlari bo‘lishi mumkin.

 

Qarorga ko‘ra, tadbirkorlik sub'ektlari va xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarni jalb etgan holda belgilangan statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida quyidagi mexanizmlar orqali o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalari amalga oshiriladi:

 

oromgohlar hududining bir qismida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta'mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarining bir qismini 15 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;

 

oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta'mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda foydalanish uchun 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;

 

oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta'mirlash va jihozlash, shuningdek, yozgi mavsum paytida oromgohlar tashkil etish sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarini 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish.

 

Bunda mazkur nazarda tutilgan hamkorlik loyihalari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ishlab chiqiladigan shartlar asosida hamkorlarga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali taklif etiladi.

 

Shuningdek, belgilangan oromgohlarning bino-inshootlari va yer uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda hamkorlarga ijaraga berish orqali ularni o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi.

 

 

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani

Adliya bo‘limi bosh yuristkonsulti                                 U.Fayzullayev

 

 

04.10.2024-yil.