Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Qonunchilikda o‘qituvchilarga berilgan ayrim imtiyozlar


 

Qonunchilikda o‘qituvchilarga berilgan ayrim imtiyozlar:

 

1 oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” etib belgilangan hamda ushbu kun bayram (dam olish) kuni hisoblanadi.

 

-         Bolalarga ta'lim-tarbiya beradigan barcha pedagog xodimlar doimiy ravishda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

 

-         Pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta'tillar beriladi.

 

-         Pedagoglar xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko‘pi bilan 36 soat qilib belgilanadi.

 

-         Maktab o‘qituvchilariga faoliyatni baholash mezonlari (https://lex.uz/docs/4532496#5208322) asosida 10 foizdan 40 foizgacha, kutubxonachi va psixologlarga 10 foizdan 20 foizgacha ustama belgilanadi.

 

-         Fan olimpiadasi g‘olibini tayyorlagan o‘qituvchilar rag‘batlantiriladi.

 

-         O‘qituvchilar kasal bo‘lib qolganida moddiy yordam beriladi.

 

-         Olimpiada g‘olibi bo‘lgan o‘qituvchilarga 150 foizgacha ustama beriladi.

 

-         O‘zi dars beradigan fani bo‘yicha xalqaro tan olingan va milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

 

-         “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘olibi bo‘lgan maktabga yarim milliard so‘m beriladi.

 

-         Inklyuziv sinf o‘qituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi.

 

-         Olis hududlarda dars berayotgan o‘qituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi.

 

-         Matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan professor-o‘qituvchilarga pul mukofoti beriladi.

 

-         Ko‘p yillik stajga ega pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi.

 

-         Xalqaro fan olimpiadalarini tayyorlagan o‘qituvchilarga malaka toifasi attestatsiyasiz beriladi.

 

-         Respublika fan olimpiadasi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar malaka toifasi bir pog‘ona oshiriladi.

 

-         Tibbiyot sohasi professor-o‘qituvchilariga davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi.

 

-         Ta'lim muassasalarining chet tillar fanlari o‘qituvchilariga oylik ustamalar beriladi.

 

-         O‘qituvchilarning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik bor.

 

 

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani

Adliya bo‘limi bosh yuristkonsulti                                 U.Fayzullayev

 

 

04.10.2024-yil.