Янгиликлар
NIKOHDAN O‘TISh UChUN ISTALGAN JOYDAGI FHDYo BO‘LIMIGA MUROJAAT QILISh MUMKINMI ?
NIKOHDAN O‘TISh UChUN ISTALGAN JOYDAGI FHDYo BO‘LIMIGA MUROJAAT QILISh MUMKINMI ?
SAVOL:
Men vodiydanman, bo‘lajak turmush o‘rtog‘im Samarqandlik. Bizlar Toshkentda nikohdan o‘tmoqchimiz. Buni amalga oshirishni imkoni bormi yoki FHDYo bo‘limlarida "Propiska"ga qaraladimi ?
JAVOB:
Oila kodeksining 212-moddasiga asosan,
nikohni qayd etish, nikohlanuvchi shaxslar doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joydan qat'i nazar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan amalga oshiriladi deb belgilangan.
Bu degani qizig‘i yo‘q degani. Biringiz vodiy, yana biringiz vohadan ekanligingizni FHDYo bo‘limlariga ahamiyati yo‘q degani. Sizlarni doimiy yoki vaqtincha "Propiskangiz" qaerda bo‘lishidan qat'i nazar Sizlar O‘zbekiston bo‘ylab istalgan FHDYo bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin va ular Sizlarni nikohdan o‘tkazib baxtli qilib qo‘yaveradi degani..
Quyi Chirchiq tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
Boshlig‘i 2-darajali adliya maslahatchisi Sh.I.Suleymanov