Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

KIMGADIR QARZ BERSANGIZ TILXAT YOZDIRIB OLING!


KIMGADIR QARZ BERSANGIZ TILXAT YOZDIRIB OLING! 

 Fuqarolik kodeksining 733-moddasiga ko‘ra,

 fuqarolar o‘rtasida qarz shartnomasi, agar bu qarzning summasi BHMning 10 baravaridan (3 750 000 so‘m) ortiq bo‘lsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi shart, shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lganida esa summasidan qat'i nazar, yozma shaklda tuzilishi kerak

 Agar qarz oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan muayyan summa yoki muayyan miqdordagi ashyolar topshirilganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjat mavjud bo‘lsa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi.

 Ko‘rib turganingizdek oddiy tilxat xam yozma shartnoma xisoblanadi. Kimgadir qarz berayotganingizda manashu qoidaga rioya qilsangiz vaqti kelganida pulingizni qaytara olmasdan sarson bo‘lmaysiz. Agar rioya qilmasangiz ikkinchi marta birovga qarz bermaydigan bo‘lasiz. Chunki birinchi bergan pulingizni hali ololmagan bo‘lasizda..

Quyi Chirchiq tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
Boshlig‘i 2-darajali adliya maslahatchisi                  Sh.I.Suleymanov