Янгиликлар
IPOTEKA KREDITI BO‘YICHA SUBSIDIYA BERILGANLAR DIQQATIGA
IPOTEKA KREDITI BO‘YICHA SUBSIDIYA BERILGANLAR DIQQATIGA !!!
SAVOL;
Men ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyaga ariza topshirgan edim. Menga subsidiya ajratish bo‘yicha ijobiy xabarnoma keldi. Endi men bu subsidiyadan qancha vaqt ichida foydalanishim kerak. Ya'ni, qancha muddat ichida men bu subsidiyadan foydalanmasam u bekor bo‘lishi mumkin ?
JAVOB;
Prezidentning 13.04.2023 yildagi PF-51-son Farmonida, uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun olinadigan ipoteka kreditlari bo‘yicha berilgan subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomalarning amal qilish muddati 4 oy etib belgilanadi deb ko‘rsatilgan.
Diqqat qiling! Vazirlar Mahkamasining 182-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomda, xuddi shunday habarnoma 12 oy davomida amal qiladi deyilgan jumla hali xam o‘zgarmasdan turibdi, lekin unday emas. Prezident Farmoni normativlik xususiyatiga ko‘ra Hukumat qaroridan ustun turadi. Ya'ni, Hukumat qarori bilan Prezidentning normativ xujjatlarini o‘rtasida bir mavzuda ikki xil norma belgilangan bo‘lsa Prezident xujjatiga qarab ish qilinadi.
Quyi Chirchiq tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
Boshlig‘i 2-darajali adliya maslahatchisi Sh.I.Suleymanov