Янгиликлар
NOGIRONLIGI BO‘LGAN BOLALARNING ONALARI BOShQALARDAN 5 YIL OLDIN PeNSIYaGA ChIQIShI MUMKIN
NOGIRONLIGI BO‘LGAN BOLALARNING ONALARI BOShQALARDAN 5 YIL OLDIN PeNSIYaGA ChIQIShI MUMKIN
SAVOL;
Bolalikdan nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalagan onalar pensiyaga 50 yoshdan chiqishi mumkinligini eshitdim. Shu rostmi ?
JAVOB;
Bunday norma qonunchilikda mavjud. "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida"gi qonunning 12-moddasida, bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan bo‘lsa — ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda umumiy belgilangan 55 yoshdan emas, boshqalarga qaraganda imtiyozliroq ya'ni, 50 yoshdan pensiyaga chiqishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Demak bolalikdan nogironligi bo‘lgan bolalarni kamida 8 yil tarbiyalagan onalar pensiyaga boshqalardan 5 yil oldin chiqishi mumkin
Quyi Chirchiq tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
Boshlig‘i 2-darajali adliya maslahatchisi Sh.I.Suleymanov