Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

HAQORAT QILGANLIK UChUN JINOIY JAVOBGARLIK


HAQORAT QILGANLIK UChUN JINOIY JAVOBGARLIK

SAVOL;

Haqorat qilganligi uchun

avval xam javobgarlikka tortilgan shaxs yana shu qilmishini takrorlasa unga qanday chora ko‘riladi ?

JAVOB;

Haqorat qilganligi uchun  ma'muriy jazo qo‘llanilgandan keyin o‘sha shaxs yana oldingi qilmishini takrorlasa, unga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi.

Jinoyat kodeksining 140-moddasiga ko‘ra, haqorat qilish, ya'ni shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari (68 000 000 so‘m)gacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Yuqoridagi 140-moddada belgilangan jazo chorasi haqorat qilgan odamning shaxsiga va haqorat qilish usuliga qarab yanada og‘irlashtirilishi mumkin.

Quyi Chirchiq tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Boshlig‘i 2-darajali adliya maslahatchisi                  Sh.I.Suleymanov