Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

AJRIM UChUN BeRILGAN ARIZA RAD ETILSA SUDGA YaNA QAYTA MUROJAAT QILISh KeRAKMI?


AJRIM UChUN BeRILGAN ARIZA RAD ETILSA SUDGA YaNA QAYTA MUROJAAT QILISh KeRAKMI?

 

Oila kodeksining 40-moddasiga asosan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida da'vo ishlarini hal qilish uchun belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

 

Sud ishning ko‘rilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqli.

 

Mazkur kodeksning 41-moddasiga asosan agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat yo‘q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi.

 

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011 yil 20 iyuldagi 06-sonli «Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida»gi qarorining 16-bandiga asosan sudlarning e'tibori shunga qaratilsinki, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi talab, faqat, er-xotin bundan buyon birga hayot kechirishlarining va oila batamom buzilganligi sababli uni saqlab qolishning iloji yo‘qligi aniqlangan holdagina qanoatlantirilishi lozim (OK 41-moddasi).

 

Turmushda kechadigan vaqtinchalik kelishmovchiliklar va tasodifiy sabablarga ko‘ra er-xotin o‘rtasida kelib chiqqan ixtiloflar, shuningdek er-xotindan birining yoki har ikkalasining jiddiy vajlar keltirmagan holda nikoh munosabatlarini davom ettirishni xohlamasligi nikohdan ajratish uchun yetarli asos bo‘la olmaydi.

 

Nikohdan ajratishga asoslar bo‘lmaganda, sud da'voni rad etadi.

 

Demak, berilgan muddat tugagan bo‘lsa siz nikohdan ajratish bo‘yicha takroriy da'vo arizasi bilan sudga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Quyi Chirchiq tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Boshlig‘i 2-darajali adliya maslahatchisi                  Sh.I.Suleymanov