Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan davlat organi va tashkilotlarining manfaati samarali himoya qilinmoqda.


Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan davlat organi va tashkilotlarining manfaati samarali himoya qilinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021-yilda PQ-5168 sonli qarori qabul qilinib, unga asosan 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etilgan.                                              Ushbu qarorga asosan Markazar hamda yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro ishni tashkil qilish “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali amalga oshirilishi belgilandi.                                                                                 Quyidagilar Markazlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:                                     yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash;                                                                                                         yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish;                                                                                                       yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;                                                                yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning mulkiy hamda boshqa huquq va qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash;                                                                                                                     davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga ko‘maklashish.                           Bundan tashqari, 2024-yilning 9 oylik davrida Toshkent viloyatidagi tuman (shahar) Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan hujjatlar soni 580 549 taga yetib, ushbu hujjatlardan 547 435 tasiga ijobiy xulosalar berilgan, 24 121 tasi rad qilingan hamda 9561 tasiga salbiy xulosa berilgan.                                                                                                   Markazlar tomonidan shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritishda samarali faoliyat yuritilib kelinmoqda.                                                                   Xususan, 2024-yilning 9 oylik davrida qanoatlantirilgan talabnomalar soni 425 taga, qanoatlantirilgan da’vo arizalari soni 114 taga yetdi.                               Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkilotlardagi qonunbuzilishi holatlarini oldini olish, huquqni qo‘llash amaliyotini birxillashtirishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

 

 

Klichbayev Muhammad

Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish
bo‘yicha bosh maslahatchisi