Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” katta qadamlar tashlanmoqda.


 

Kambag‘allikdan farovonlik sari” katta qadamlar tashlanmoqda.

                                                                                    

Bugungi kunda hududlarda aholi turmush shart-sharoitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlarining natijadorligiga erishishda mas’ul bo‘lgan barcha bo‘g‘in tashkilotlari tomonidan keng miqiyosli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Davlatimiz rahbarining joriy yil 23 sentyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi
PF-143-son Farmoniga asosan aholining yuqori daromadli barqaror ish bilan bandligini ta’minlash, yoshlarning innovatsion va raqamli texnologiyalarga asoslangan ta’lim olishi va kasb-hunar o‘rganishi, barcha qatlamlarning tibbiy va ijtimoiy xizmatlardan foydalanishi uchun shart-sharoit yaratish hamda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishlarida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda turli sabablarga ko‘ra tushib qolgan ayrim aholi qatlamini kambag‘allikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifalaridan etib belgilandi.

Shu bois, joylarda aholi turmush farovonligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi qisqa vaqtlarda Toshkent viloyati Toshkent tumani “Qusho‘ndi” mahallasida istiqomat qiluvchi ayrim oilalarni ham istisno etmadi va bugungi kunda mazkur oilalar “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dastlabki katta qadamlarni qo‘yganliklari barchani birdek quvontiradi.

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi ko‘magi va hamkorligida Qushqo‘ndi MFYda istiqomat qiluvchi 5 ta oilalarning barchasi davlatimiz islohotlari natijasida ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlardan mamnun ekanliklarini bildirishmoqda.

Shu jumladan, fuqaro J.Dosov oilasi ushbu mahallaga bir yil oldin ko‘chib kelgan bo‘lib, oilada yagona boquvchi bo‘lgan Jahongir Dosov doimiy ish bilan ta’minlandi. Shu bilan birga, qo‘shimcha uy-joy qurilishiga yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, kichik farzandini imtiyozli asosida Maktabgacha ta’lim tashkilotiga va yana 2 ta farzandini o‘quv va sport to‘garaklariga joylashtirilgandan so‘ng, oilaning turmush o‘rtog‘i Z.Dosova ham o‘zini o‘zi band qilgan holda tikuvchilik kasbini egallash istagini bildirdi.

Hozirgi kunda fuqaro kasbga o‘qitilib, tikuv mashinasi bilan ham ta’minlandi.

 

Navbatdagi oila ushbu mahallada istiqomat qiluvchi Zulayho Sharixsieva bo‘lib, nogironlik nafaqsini olish uchun xech bir davlat idoralariga murojaat etmaganligi aniqlandi.

Adliya organlari va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi aralashuvi bilan hozirda fuqaroni nogironlikka chiqarish va nafaqa tayinlash masalasi ko‘rildi.

Shu bilan birga, tibbiyot xodimlari tomonidan Z.Sharixsieva va farzandlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zaruriy birlamchi dori vositalari bilan taminlandi.

Bundan tashqari, fuqaroning yashash sharoiti o‘rganilib, uy-joyini ta’mirlashda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shu kabi amaliy natijalar va ezgu ishlar boshqa tegishli oilalarni ham qamrab olgan holda belgilangan ustuvor vaziflar amalga oshirilmoqda.

Buning natijasida joylarda “Prezident qarori – hayotda va nazoratda” ekanligining yaqqol misoli sifatida e’tirof etish mumkin desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

 

 

Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i,
3-darajali adliya maslahatchisi J.Qayumov