Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosi tizimli ta’minlanmoqda.


 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosi tizimli ta’minlanmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi
PQ-5132-son qarorida qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishining ta’sirchan tizimini yaratishda «Ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi o‘rnini mustahkamlash, uning ahamiyatini yanada oshirish hamda samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilab o‘tilgan.

Shunga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining amalda bajarilishida ko‘maklashish maqsadida Adliya vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalariga ham qator vazifalar yuklatilgan.

Jumladan, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilishining nazoratini olib borish, «Ijro.gov.uz» tizimini samarali yuritilishi hamda manzilli va tematik tahlillarning sifatli tashkil etilish, nazorat qilish bo‘limi bir kun muddatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni nazoratga olishi hamda ularning ijrosini «Ijro.gov.uz» tizimida doimiy ravishda monitoring va tahlil qilib borishi belgilab qo‘yilgan.

Shunga ko‘ra, «Ijro.gov.uz» tizimi orqali topshiriqlar ijrosi tahlil qilinganda, joriy yilning 24-oktyabr holatiga Toshkent viloyati hokimligi va ma’sul tashkilotlarga jami 1 498 ta hujjatlar kelib tushgan, ushbu hujjatlarda 13 434 ta topshiriqlar berilgan, shulardan, 10 320 tasi ijro qilingan, 2 200 tasi muddati kechiktirib bajarilgan, 3 079 tasi bajarilish jarayonida boʻlib, 35 ta topshiriqlar bajarilmasdan muddati o‘tgan holatda ekanligi qayd etildi.

Muddati o‘tgan topshiriqlarning 22 tasi qaror, 4 tasi farmon va 9 tasi yig‘ilish bayonlarida berilgan topshiriqlarga to‘g‘ri keladi.

Shu bilan birga, o‘rganish va monitoringlarda aniqlangan 163 ta qonun buzilishi holatlari yuzasidan 17 ta taqdimnomalar, 21 ta ogohnomalar kiritilib, natijada 8 nafar ma’sul xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

 

 

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezident hujjatlarini ijrosini nazorat qilish sho‘basi bosh maslahatchisi O.Rahimov