Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali ERI kalitlarini ro‘yxatga olish va ERI kalitlari sertifikatlarini berish bo‘yicha qisqacha ma'lumot


Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali ERI kalitlarini ro‘yxatga olish va ERI kalitlari sertifikatlarini berish bo‘yicha

 

T A R T I B

 

ERI kalitlarini olish usullari – Davlat xizmatlari markazi orqali yoki onlayn tarzda.

ERI kaliti uchun to‘lov — ERI kalitlarining sertifikatlarini berish uchun yuridik shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik sub’ektlaridan bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi, jismoniy shaxslardan esa 7 foizi miqdorida yig‘im undiriladi, qonun hujjatlarida ERI kalitlarining sertifikatlarini bepul olish nazarda tutilgan hollar (kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning o‘quvchilariga, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi sinf o‘quvchilariga, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»da ro‘yxatda turgan fuqarolar) bundan mustasno.

Jismoniy shaxslarga ERI kalitlarining sertifikatlarini berishda «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga mazkur bandning birinchi xatboshida belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

ERI kalitini olish uchun murojaat qiluvchilaronlayn tarzda murojaat qilinganda jismoniy shaxslar shaxsan o‘zlari, yuridik shaxslarning faqat raxbarlari;

davlat xizmatlari markazi orqali olishda jismoniy shaxslar shaxsan o‘zlari, yuridik shaxslarning raxbarlari va qonuniy vakillari (tegishli ishonchnomaga asosan).

Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, so‘rovnoma ariza beruvchining shaxsi biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli orqali tasdiqlanadi.

Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi orqali murojaat qilingan hollarda, murojaat qiluvchi mustaqil ravishda elektron shaklda davlat xizmatlaridan foydalanish to‘g‘risidagi so‘rovnomani to‘ldiradi hamda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) orqali o‘z shaxsi va ma’lumotlarini tasdiqlaydi.

Vakolatli organ (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi) tomonidan ERI kalitining sertifikatini berishni rad etishga quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:

a) Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilingan hollarda:

murojaat qiluvchi taqdim etgan so‘rovnomada noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;

ERI kalitining sertifikatini berish uchun to‘lov amalga oshirilmaganligi, qonun hujjatlarida ERI kalitlarining sertifikatlarini bepul olish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

murojaat qiluvchining hujjatlarni zarur tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi;

b) Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi orqali elektron tarzda murojaat qilingan hollarda:

murojaat qiluvchining shaxsi tasdiqlanmagan taqdirda;

murojaat etuvchi taqdim etgan so‘rovnomada noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;

ERI kalitining sertifikatini berish uchun to‘lov amalga oshirilmaganligi;

murojaat etuvchining hujjatlarni zarur tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi.

 

Davlat xizmatlari markazi ERI kalitining sertifikatini berish to‘g‘risidagi so‘rovnomani qabul qilganidan so‘ng yigirma daqiqa vaqt ichida undagi ma’lumotlarni Davlat xizmatlari markazi xodimining ERI bilan tasdiqlangan holda vakolatli organning axborot tizimiga idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yo‘li bilan yuboradi.

Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llangan ERI kalitining sertifikatini berish to‘g‘risidagi so‘rovnoma vakolatli organning axborot tizimiga kelib tushadi.

Vakolatli organning axborot tizimida Davlat xizmatlari markazi tomonidan yuborilgan va Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi orqali kelib tushgan ma’lumotlar ko‘rib chiqilib, real vaqt rejimida ERI kalitining sertifikati rasmiylashtiriladi yoki ERI kalitining sertifikatini berish asosli ravishda rad etiladi.

Vakolatli organning axborot tizimida so‘rovnomani ko‘rib chiqishning natijalariga asosan rasmiylashtirilgan ERI kaliti sertifikati elektron hujjat shaklida murojaat qiluvchiga Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi va Davlat xizmatlari markaziga idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yo‘li orqali yuboriladi.

 

 

Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi Davlat xizmatlari markazlari va FHDYO organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi boshlig‘i X.Prnazarov