Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

MAHALLA YETTILIGI


MAHALLA YETTILIGI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” farmoniga asosan mahallalarda “yettilik” faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularga quyidagi asosiy vazifalar yuklangan:

➖ mahalla raisi – ehtiyojmand oilalarga uy-joyini yaxshilashga koʻmaklashish;

➖ hokim yordamchisi – ishsizlarga ish topishga koʻmaklashish;

➖ yoshlar yetakchisi – yoshlarni sport, musiqa va toʻgaraklarga jalb etish;

➖ xotin-qizlar faoli – ayollarni tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikka jalb qilish;

➖ Profilaktika inspektori Mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va xavfsiz muhitni taʼminlash, fuqarolarning qulay atrof-muhitga boʻlgan huquqlarini amalga oshirishda koʻmaklashish;

➖ soliq xodimi – mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda oʻzini oʻzi band qilganlarga kichik biznes toifasiga oʻtishga koʻmaklashish;

➖ ijtimoiy xodim – yolgʻiz keksa, nogiron va boshqa muhtojlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish kabi aniq vazifalar bilan shugʻullanishdan iboratdir.

         Ushbu Farmon bilan hokim yordamchisi tomonidan 17 turdagi subsidiya, yoshlar yetakchisi tomonidan 12 turdagi subsidiya, Xotin-qizlar faoli tomonidan 13 turdagi subsidiyalar ajratilishi belgilangan.

 

Huquqiy axborot shu‘basi boshlig‘i

Sh.Toshpo‘latov