Янгиликлар
Tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari hududiy reabilitatsiya va moslashtirish markazlariga qay tarzda joylashtiriladi?
Tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari hududiy reabilitatsiya va moslashtirish markazlariga qay tarzda joylashtiriladi?
Yangi qabul qilingan Reglamentga (https://lex.uz/uz/docs/-6982043) muvofiq:
Profilaktika inspektori tomonidan xotin-qizlarga himoya orderi rasmiylashtiriladi;
Xotin-qizlar birlamchi koʻmak xonalarida kasalliklar mavjudligini aniqlash yuzasidan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi;
“Inson” markazi bir ish kuni ichida hududiy markazda boʻsh oʻrin mavjudligini aniqlaydi;
“Inson” markazi xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari uchun zarur boʻlgan hujjatlarni shakllantiradi;
Hududiy markazlar xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini qabul qilib oladi, xotin-qizlar bilan ijtimoiy xizmat koʻrsatish shartnomasi tuziladi;
Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining holati kompleks baholanadi va ijtimoiy reabilitatsiya dasturi ishlab chiqiladi;
Hududiy markazlar tomonidan 6 oy muddatgacha vaqtinchalik boshpana (shelter), ijtimoiy reabilitatsiya, huquqiy, psixologik va boshqa turdagi xizmatlar koʻrsatiladi.
Hududiy markazlarga joylashtirish uchun xotin-qizlarga himoya orderi rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim.
Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti D.A.Djurayeva