Янгиликлар
Nikohdan ajrashish boʻyicha ariza doimiy yashash joyi boʻyicha beriladimi?
Nikohdan ajrashish boʻyicha ariza doimiy yashash joyi boʻyicha beriladimi?
Fuqarolik protsessual kodeksining 33-moddasida arizalar javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashgʻul boʻlgan joydagi sudga berilishi qayd etilgan.
Bu umumiy qoida hisoblanib, ayrim istesnolar belgilanadi. Xususan, ushbu kodeks 34-moddasiga asosan daʼvogarning voyaga yetmagan bolalari borligi tufayli u javobgar yashab turgan joyidagi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga borishga qiynalsa, nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvolar daʼvogarning yashaydigan joyidagi sudga taqdim etilishi mumkin.
Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti D.A.Djurayeva