Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Nikox davomida xadya shartnomasi assosida olingan uyda turmush oʻrtogʻimning haqqi bormi?


Nikox davomida xadya shartnomasi assosida olingan uyda turmush oʻrtogʻimning haqqi bormi?

Mol mulk, odatda mulk huquqi, qonun koidalarga rioya qilgan holda, bir shaxs egaligidan ikkinchi shaxsga oʻtadi. Bunday xollarda mol mulk oʻzining dastlabki sifatini yoʻqotmaydi. Faqat unga egalik qiluvchi subyektlar oʻzgaradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 502 moddasida hadya shartnomasiga muvofiq, bir taraf (hadya kiluvchi) boshka taraf (hadya oluvchi) ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi. Unga oʻziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi talabini berib yoki berish majburiyatini oladi. Biron bir shaxsga ashyoni yoki mulk huquqini tekinga berishni yoki biron bir shaxsni mulkiy majburiyatdan ozod etishni vaʼda qilish (hadya etishni vaʼda qilish) agar vaʼdaga tegishli shaklda berilgan boʻlsa va kelajakda aniq shaxsga ashyo yoki mulkiy huquqni tekinga berish yoki uni mulkiy majburiyatdan ozod qilish maqsadi aniq koʻrinib turgan boʻlsa, hadya shartnomasi deb tan olinadi.

Oila kodeksning 25-moddasida er va xotinning har birining mulki belgilab berilgan bulib, Er va xotinning nikohga qadar oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulki, shuningdek ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan har birining oʻz mulki hisoblanadi.

Xadya asosida olgan mol mulki Er va xotining uz mulki xisoblanadi umumiy mulk emas.

Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti       D.A.Djurayeva