Янгиликлар
OTA YOKI ONALIK HUQUQIDAN MAHRUM BOʻLISHNING HUQUQIY OQIBATI QANDAY BOʻLADI ?
OTA YOKI ONALIK HUQUQIDAN MAHRUM BOʻLISHNING HUQUQIY OQIBATI QANDAY BOʻLADI ?
Oila kodeksining 81-moddasiga koʻra, ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-ona qaysi bolaga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan boʻlsa, shu bolaga nisbatan boʻlgan qarindoshlik faktiga asoslangan barcha huquqlardan, shu jumladan undan taʼminot olish, shuningdek bolali fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va nafaqalar olish huquqlaridan mahrum boʻladi.
Ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi ota-onani oʻz bolasiga taʼminot (Aliment) berish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Ota yoki onasi oʻziga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bola, agar u farzandlikka olingan boʻlmasa, turar joyga boʻlgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini saqlab qoladi, shuningdek ota yoki onasi va boshqa qon-qarindoshlari bilan tugʻishganlik faktiga asoslangan barcha mulkiy huquqlarini, jumladan meros olish huquqini saqlab qoladi.
Bolani ota yoki onasiga berishning imkoniyati boʻlmagan yoki ota-onaning har ikkalasi ham ota-onalik huquqidan mahrum qilingan taqdirda, bola vasiylik va homiylik organining qaramogʻiga olib beriladi.
Ota-ona (ulardan biri) ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda bolani farzandlikka olishga ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori chiqarilgan kundan keyin kamida olti oy oʻtgach yoʻl qoʻyiladi.
Demak, ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota yoki ona bunday huquqdan mahrum boʻlganidan keyin bolaga nisbatan qarindoshlik huquqlaridan mahrum boʻladi biroq, oʻsha bolaga nisbatan taʼminot berish majburiyatidan ozod boʻlmaydi xamda agar bola boshqa oilaga farzandlikka olinmagan boʻlsa oʻz ota-onasining bir umirlik merosxoʻri boʻlib qolaveradi.
Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti D.A.Djurayeva