Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?


Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?

Jinoyat kodeksining 128-moddasiga koʻra shaxsning oʻn olti yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan holda u bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish — toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali sodir etilgan boʻlsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

b) ilgari ushbu Kodeksning 118 yoki 119-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktyabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandiga koʻra sudlar JK 118-moddasi yoki 119-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkiblarini JK 128-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibidan farqlashlari, bunda JK 128-moddasi boʻyicha jinoiy javobgarlik oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish zoʻrlik yoki tahdid qoʻllamagan holda amalga oshirilayotgan harakatlar xususiyati va mohiyatini anglagan jabrlanuvchining roziligi bilan sodir etilgan holdagina kelib chiqishini eʼtiborga olishlari lozim.

Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti       D.A.Djurayeva