Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Alimentdan voz kechish evaziga uy olish mumkinmi?


Alimentdan voz kechish evaziga uy olish mumkinmi?

Fuqarolik kodeksining 344-moddasiga asosan alimentlar undirish haqidagi talabni hisobga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu degani, uyni nomingizga oʻtkazib berib, alimentdan ozod qilishni soʻrab boʻlmaydi.

Alimentdan voz kechish evaziga uyni berish mumkin emas!

Fuqarolik kodeksining 344-moddasiga asosan alimentlar undirish haqidagi talabni hisobga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu degani, uyni nomingizga oʻtkazib berib, alimentdan ozod qilishni soʻrab boʻlmaydi.

Agar uy-joy turmush davringizda orttirilgan va turmush oʻrtogʻingizning nomida boʻlsa, unda Oila kodeksining 23-moddasiga koʻra bu uy sizlarning umumiy mulkingizdir. Oila kodeksining 28-moddasiga asosan uyning 50 foizi shundoq ham sizniki boʻladi.

Agar nikohdan oldin olingan yoki turmush oʻrtogʻingizga hadya yoxud meros tarzida qolgan boʻlsa, bu uy uning shaxsiy mulki hisoblanadi. Ushbu vaziyatda sizga uyning qiymatidan kelib chiqib, aniq bir qarorga kelishni tavsiya qilamiz.

Agar uyning qiymati yuqori boʻlib, farzandlaringiz 18 yoshga toʻlguncha qoplanadigan aliment miqdoridan katta yoki teng boʻlsa, aliment oʻrniga uyni olishingiz mumkin.

Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti       D.A.Djurayeva