Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Nuqsonli tovar almashtirib beriladimi?


Nuqsonli tovar almashtirib beriladimi?

Isteʼmolchi tovarning ishlab chiqarilishiga doir kamchiliklarni aniqlagan taqdirda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) uni ayni shunday markali tovarga yetti kunlik muddatda, tovar sifatini sotuvchi tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirish zarur boʻlganida esa, isteʼmolchi talab qoʻygan paytdan eʼtiboran yigirma kun ichida almashtirib berishi shart.

“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonuning 14-moddasiga koʻra, isteʼmolchi tovarning ishlab chiqarilishiga, tuzilishiga, tarkibiga doir kamchiliklarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan taqdirda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) uni ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga yetti kunlik muddatda, tovar sifatini sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirish zarur boʻlganida esa, isteʼmolchi talab qoʻygan paytdan eʼtiboran yigirma kun ichida almashtirib berishi shart.

Ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar boʻlmagan taqdirda, isteʼmolchining almashtirib berish xususidagi talabi daʼvo qilingan paytdan eʼtiboran bir oy ichida qondirilishi kerak. Choʻl va olis joylarda, tovarlar vaqti-vaqti bilan olib boriladigan joylarda isteʼmolchining bunday talabi ushbu joylarga navbatdagi tovar yetkazib berish uchun ketadigan muddat ichida, lekin ikki oydan kechiktirmay qondirilishi lozim.

 Ana shu muddatlarning oʻtkazib yuborilgan har bir kuni uchun sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) isteʼmolchiga almashtirilgan tovarni berish bilan bir vaqtda tovar bahosining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) toʻlaydi.

Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti       D.A.Djurayeva