Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Davlat yoki jamoat vazifalariga nimalar kiradi?


Davlat yoki jamoat vazifalariga nimalar kiradi?

Mehnat kodeksining 282-moddasiga koʻra, xodimlar davlat va jamoat majburiyatlarini bajarganda kafolatli toʻlovlar toʻlanadi.

Xodimlar tomonidan davlat yoki jamiyat manfaatlariga doir bajariladigan vazifalar deganda saylov huquqini amalga oshirish, harbiy burchni bajarish, surishtiruv organlariga, tergovchi, prokuror huzuriga, sudga guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolislar tariqasida (chaqiriq boʻyicha) borish kabilar tushuniladi. Shuningdek, qonunchiligimizda bunday vazifalar qatorida deputatlik va senatorlik vazifalarini bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) huzuridagi Konstitutsiyaviy huquqlarga va inson erkinligiga rioya qilish komissiyasi faoliyatida qatnashish, tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi ishida ishtirok etish, xalq maslahatchilari, jamoat ayblovchilari va jamoat himoyachilari, jamoat birlashmalari va mehnat jamoalari vakillari sifatida sud majlislarida, shuningdek, qonun bilan nazarda tutilgan boshqa hollarda ishtirok etish ham nazarda tutilgan.

Xodimlar tomonidan jamiyat manfaatlari yoʻlida qilinadigan harakatlarga avariyalar, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish, inson hayotini saqlab qolish, quyish uchun qon topshirish va boshqa hollar misol boʻla oladi.

Mehnat kodeksining 282-moddasiga koʻra, xodimlar davlat va jamoat majburiyatlarini bajarganda kafolatli toʻlovlar toʻlanadi. Mazkur moddaga koʻra, xodimning davlat va jamoat majburiyatlarini bajarish vaqtida ish beruvchi uni ishdan ish joyini (lavozimini) va oʻrtacha oylik ish haqini saqlagan holda ozod etishi shart. Jumladan, xodim saylov huquqini amalga oshirayotganda, deputatlik vazifalarini, shuningdek oʻz vakolatlarini ishlab chiqarishdan yoki xizmat faoliyatidan ajralmagan holda amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosining vazifalarini bajarayotganda, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ishida ishtirok etayotganda, harbiy majburiyatlarni bajarayotganda u ishdan ozod etilgan holda ish joyi (lavozimi) va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi. Shuningdek, xodim tyergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organga, surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis sifatida chaqirilganda ham u oylik ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etiladi.

Ushbu moddaga koʻra, xodimni ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etishda yuqorida sanab oʻtilgan boshqa holatlar ham inobatga olinadi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunida yoki Prezidentining farmonlari va qarorlarida yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda xodim ishdan ozod etilganida uning oʻrtacha oylik maoshi va lavozimi saqlanishi shart.

Bekobod shahar YUXKM bosh yuriskonsulti       D.A.Djurayeva