Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Quyosh elektr energiyasini toʻliq oʻz mablagʻidan qurganlarga kompensatsiya beriladi.


Quyosh elektr energiyasini toʻliq oʻz mablagʻidan qurganlarga kompensatsiya beriladi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini toʻliq toʻlagan holda ularni xarid qilgan va oʻrnatgan isteʻmolchilarga xarid xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi hisobidan kompensasiya qilinadi:

Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini oʻrnatganlik uchun kompensasiyalar miqdori oʻrnatilgan quvvati:

0,5 kVtdan 1 kVtgacha boʻlganda BHMning 7 barobar;

1 kVtdan 1,5 kVtgacha boʻlganda BHMning 10 barobar;

1,5 kVtdan 2 kVtgacha boʻlganda BHMning 15 barobar;

2 kVt va undan yuqori boʻlganda BHMning 20 barobar;

5 kVt va undan yuqori boʻlganda BHMning 50 barobar (faqatgina yangi yerlar oʻzlashtirilganda va tik quduqlarda oʻrnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi isteʻmoli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali taʻminlanganda).

Boʻka tumani adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti

Abdugʻapparov Abbos