Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Fuqarolar himoyasining huquqiy kafolatlari yanada mustahkamlanadi


Fuqarolar himoyasining huquqiy kafolatlari yanada mustahkamlanadi

 

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-963-son, 20.09.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Qonunga koʻra, ayrim qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlangan, OAVlarning faoliyati hamda insonning asosiy huquq va erkinliklari bilan bogʻliq huquqiy normalar belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, qarindoshining sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish va uni oʻtash chogʻida fuqarolarning huquqlarini cheklash uchun asos boʻlishi mumkin emasligi belgilanmoqda.

Bundan tashqari, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, tadbirkorlik subyektlari qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va oʻz faoliyati yoʻnalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqliligi belgilanmoqda.

Qonun rasmiy eʻlon qilingan kundan eʻtiboran kuchga kiradi.

Boʻka tumani adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti

Abdugʻapparov Abbos